Xodimlaring oxirigacha o‘qib bitiradigan ingliz tili kursi.

Tutoro bilan har bir xodimning ingliz tilidan shaxsiy AI ustozi bo‘ladi. Darslar sifati repetitor bilan shug‘ullanishdan qolishmaydi, har kuni yana o‘rgangisi keladi.

Boshlа

Taqdimotga yozil

Har bir xodim uchun oyiga $9 dan. Obunani istagan payt bekor qil.

Tutoro qanday ishlaydi · 2 daqiqa

Qanday ishlashini ko‘r

Videoni yop

  • Yangi daraja

    A1 → A2

  • + 138 XP

    Hozirgacha eng zo‘r kun

  • Duelda yutdi

    Raundlar hisobi 3:1

  • Bugungi topshiriqlarni tugatdi

    3 / 3

  • 30 kunlik Streak

    Bir kun ham qoldirmadi

  • + 250 tanga

    Haftalik bonus

  • Yangi daraja

    A2 → B1

  • Ligada birinchi o‘rin

    30 kishi orasida 1-o‘rin

  • Yangi repetitor ochildi

    Katie

  • Hammasi to‘g‘ri

    12 ta javobdan 12 tasi to‘g‘ri

  • Modulni tugatding

    Sayohat

  • Birinchi to‘liq gap

    Ovoz chiqarib aytdi

  • Ketma-ket beshta dars

    Bir o‘tirishda

  • Yangi libos ochildi

    5 000 sarfladi

  • Yangi daraja

    B1 → B2

  • Gapirish testidan o‘tdi

    Ikkinchi urinishda

Kompaniyalar bizga ishonadi

  • 500

    +

    kompaniya

    xodimlariga Tutoro bilan ingliz tilini o‘rgatmoqda

  • 1M

    +

    xodim

    har kuni o‘rganadi

  • 87

    %

    faol foydalanuvchilar

    90 kundan keyin ham o‘qishni davom ettirmoqda

  • Northbeam

  • ALTAVIA

  • Quadra

  • helioworks

  • Verado

Tutoro kompaniyangga nima beradi

Telefonda kuniga atigi 15 daqiqa. Dars jadvaliga moslashish shart emas. Bu kompaniyangga qanday foyda keltirishini ko‘r.

  • Ingliz tili bilan bitimlarni muvaffaqiyatli tuz

    Rahbarlarning 49% i o‘zaro tushunmovchilik sabab xalqaro bitim amalga oshmay qolganini aytadi. Tutoro bilan xodimlaringning ingliz tilini kuchaytir. Xarajati repetitorga qaraganda 50 baravargacha kam.

  • Xodimlaring qoldirmay qatnashadigan darslar

    AI bilan mashq qilish inglizcha gapirishni rivojlantirishda o‘qituvchi bilan shug‘ullanishdan yaxshiroq natija berdi. Tutoro mashqlarni kundalik odatga aylantiradi, o‘yin elementlari tufayli esa xodimlarning 88% qismi zavq bilan o‘rganadi.

  • Xodimlaringni rivojlantir, yangi xodim yollashga kamroq sarfla

    O‘rganishga katta e’tibor beradigan kompaniyalarda xodimlarni saqlab qolish ko‘rsatkichi 57% yuqori. Xodimlarning kompaniya ichida boshqa lavozimlarga o‘tishi ham 23% ko‘proq. Demak, chetdan odam yollashingga kamroq ehtiyoj qoladi.

Boshqalar bilan taqqoslaymiz

Tutoro nimasi bilan yaxshiroq?

O‘qish qulay, tashkiliy ishlar kamroq, xarajatlar oldindan aniq.

Narx tarif va xodimlar soniga bog‘liq

Guruh mashg‘ulotlari

Shaxsiy repetitor

Tutoro

  • Har bir xodim uchun narx

    Oyiga $180 - $320

    Soatiga $40 - $120

    Oyiga $9 dan boshlab

  • Dars jadvali

    Darslar belgilangan vaqtda

    Darsga oldindan yozilish kerak

    Qachon qulay bo‘lsa, o‘shanda o‘rgan. Hatto 15 daqiqa bo‘sh vaqting bo‘lsa ham.

  • Shaxsiy yondashuv va motivatsiya

    Butun guruh bir xil sur’atda o‘qiydi, o‘yin elementlari kam

    Individual yondashuv repetitorga bog‘liq

    Har bir xodimning darajasi va maqsadlariga moslashadi, o‘yin elementlari esa o‘rganishga qiziqishini saqlab turadi

  • HR uchun natijalar

    Davomat hisoboti

    HR uchun natijalarni kuzatish qiyin

    Doim yangilanib turadigan boshqaruv paneli va o‘quv natijalari bo‘yicha hisobotlar

  • Barcha xodimlarni o‘qitish

    Ko‘proq guruh, ko‘proq tashkiliy ish

    Har bir yangi xodim bilan xarajatlar ham, tashkiliy ishlar ham ko‘payadi

    Barcha xodimlarni o‘qishga qo‘shish oson

Ilk qadamlar

Qanday ishlaydi?

Xodimlaring uchun obuna sotib ol, ularni taklif qil. Bugunoq tushdan keyin hamma mashg‘ulotlarni boshlashi mumkin.

  • Xodimlar sonini tanla

    Xodimlar soni va obuna muddatini tanla.

  • Xodimlarni taklif qil

    Email manzillari ro‘yxatini nusxalab joyla yoki hammaga qo‘shilish uchun bitta havola yubor.

  • Xodimlar gapira boshlaydi

    Havolani bir marta bosishadi va darhol birinchi darsni boshlashadi.

  • Natijalarni kuzat

    Streak, haftalik faollik va darajaning o‘sishi - hammasi bitta ekranda.

Muntazam o‘rganish

Nega xodimlar o‘qishni tashlab qo‘ymaydi?

  • Haqiqiy dars: ovoz chiqarib gapir

    Sen gapirasan. Ustozing javob beradi, tushuntiradi va suhbat davomida mashqlar berib boradi.

  • Istalgan vaziyatda mashq qil

    Ishga kirish suhbatini yoki shifokor qabulida gaplashishni mashq qil, sarguzashtga otlan yoki o‘z ssenariyingni o‘yla.

  • Kim bilan gaplashishni o‘zing tanla

    Har bir ustozning aksenti ham, fe’l-atvori ham boshqacha. Suhbati o‘zingga yoqqanini tanla.

  • Nima ustida ishlashni aniq bil

    Har darsdan keyin to‘plagan ballaringni ko‘r va qaysi xatolarni takrorlayotganingni bilib ol.

  • So‘zlar yodingda qoladi

    Unuta boshlagan so‘zlaringni kichik o‘yinlarda qayta uchratasan, toki yaxshilab eslab qolguningcha.

  • Cheksiz lenta emas, aniq yo‘l

    Har bir dars bilan xaritada oldinga siljiysan. Bir olamni tugatsang, keyingisi ochiladi.

  • Yangi darajaga chiq. O‘yinda ham.

    O‘z qahramoningni yarat. Har bir dars bilan uning darajasi oshadi va u yuqori ligalarga ko‘tariladi.

HR UCHUN

Xodimlaring shug‘ullanyaptimi? Endi taxmin qilishga hojat yo‘q

Kim shug‘ullanyapti, qanday natijaga erishyapti, ingliz tili darajasi qanday? Hammasini bitta panelda ko‘rasan. Har bir xodimdan alohida hisobot so‘rashga hojat yo‘q.

Xodimlar faolligi

So‘nggi 30 kun · namuna ma’lumotlar

  • Faol litsenziyalar

    Har hafta nechta pullik o‘rindan foydalanilayotganini ko‘r

  • Har bir xodimning ingliz tili darajasi

    CEFR bo‘yicha daraja (A1-C1) o‘qish davomida yangilanib boradi.

  • Har bir xodimning faolligi

    Haftalik o‘qish vaqti (daqiqalarda), o‘tilgan darslar va Streak

  • Moliya bo‘limi uchun hisobotlar doim tayyor

    Ekranda ko‘rib turgan ma’lumotlaringni CSV formatida yuklab ol.

Tutoro kimlar uchun?

Ingliz tilini biroz yaxshiroq bilishning o‘zi kundalik ishini yengillashtiradiganlar uchun.

Boshlа

  • Qo‘llab-quvvatlash xizmatlari

  • Sotuv

  • Muhandislik

  • Mehmonxona va restoranlar

  • Chakana savdo

  • Tibbiyot

  • Marketing

Mijozlar tajribasi

Uchta kompaniyada nimalar o‘zgardi?

  • Ilgari xodimlarning ingliz tilini o‘rganishga qiziqishi tez so‘nardi. Tutoro bilan esa zavqlanib o‘rganishyapti, mashg‘ulotlarni tashlab qo‘yishmayapti. Buni kompaniyadan foydali bonus deb bilishadi. Xodimlarimizning ish joyidan mamnunligi ham oshdi.

    HR rahbari

    Northbeam

  • Mutaxassislarimiz endi xorijiy mijozlar bilan ancha dadil gaplashadi. Murakkab masalalarni boshqalarga topshirish o‘rniga ko‘proq o‘zlari hal qilishyapti. Fikrlarini ravonroq tushuntirishyapti, mijozlarga ham yaxshiroq yordam berishyapti.

    Qo‘llab-quvvatlash xizmati rahbari

    Altavia

  • Nihoyat, ta’limga sarflagan pulimiz qanday samara berayotganini aniq ko‘ryapmiz. Tutoro statistikasi kim shug‘ullanayotgani, qancha ilgarilagani va yana nimalarni o‘rganishi kerakligini ko‘rsatadi. Endi qarorlarni aniq ma’lumotlarga tayanib qabul qilyapmiz.

    Operatsion direktor

    Helioworks

Narxlar

Har bir xodim uchun oyiga $9 dan

Nechta xodiming o‘qiydi?

Barcha xodimlaringni chegirmali narxda o‘qit.

har bir xodim uchun oyiga

Guruh darslari narxi

Repetitor bilan yakka darslar narxi

Birga hisoblab ko‘ramiz

O‘rganuvchilar soni 1,000 dan oshsa, kompaniyang uchun alohida narx hisoblaymiz. Ko‘p o‘rin uchun chegirma va hisob asosida to‘lash imkoniyati bor. Savdo bo‘limimiz xarajatlarni sen bilan birga hisoblab chiqadi.

Demoga yozil

Obuna muddati

o‘rganuvchi

Tutoro - sening tarifing

Istagan payting bekor qil

Nechta xodim o‘qiydi?

Butun jamoang bir xil chegirmali narxda o‘rgansin, darslardan zavq olsin.

Ko‘p so‘raladigan savollar

  • Kompaniyamizda Tutoro bilan o‘rganishni qanday boshlaymiz?

    Kompaniyang uchun akkaunt och, xodimlar sonini belgilab, ularga taklif yubor. Har biri o‘z darajasi va maqsadlariga mos ingliz tili mashg‘ulotlarini oladi. Avval Tutoro qanday ishlashini ko‘rmoqchimisan? Demo uchun yozil.

  • Tutoro qancha turadi va qanday to‘lanadi?

    Tutoro har bir xodim uchun oyiga $9 dan boshlanadi. Kamida 5 xodimni ulash kerak. Karta orqali to‘la yoki kompaniyang kabinetida to‘lov hisobini avtomatik yarat.

  • Mavjud o‘rinni boshqa xodimga o‘tkazsam bo‘ladimi?

    Ha. Xodim ishdan ketsa yoki unga endi kirish huquqi kerak bo‘lmasa, o‘rnini boshqa xodimga ber. Shunda har safar xodim almashganda yangi o‘rin sotib olishing shart bo‘lmaydi.

  • O‘rinlar sonini istalgan payt ko‘paytirish yoki kamaytirish mumkinmi?

    Ehtiyojingga qarab o‘rinlar sonini oshir yoki kamaytir. Faqat kamida 5 ta o‘rin qolishi kerak. To‘lov qanday o‘zgarishi obunang shartlariga bog‘liq.

  • Xodimlar Tutoro bilan nimalarni o‘rganadi?

    Tutoro bilan ingliz tilini har tomonlama o‘rgan: AI repetitor bilan dars o‘t, gapirish, tinglab tushunish va o‘qishni mashq qil. Interaktiv topshiriqlarni bajar, talaffuzingni tekshirtir va darhol tavsiyalar ol. Hammasi bitta ilovada.

  • Tutoro har bir xodimning ingliz tili darajasiga moslashadimi?

    Ha. Tutoro har bir xodimga bilim darajasi va maqsadlariga mos o‘quv dasturini tuzadi. O‘yin tarzidagi mashqlar esa qiziqishni saqlab, o‘rganishda davom etishga undaydi.

  • Xodimlar o‘qishga kuniga qancha vaqt ajratishi kerak?

    Bir mashg‘ulotga hatto 15 daqiqa ham yetadi. Xodimlar o‘zlariga qulay paytda shug‘ullanishadi. Belgilangan dars vaqti yo‘q, oldindan yozilish ham shart emas.

  • Tutoro xodimlarni o‘qishni davom ettirishga qanday undaydi?

    Tutoro har bir xodimga mos darslar, o‘yinli topshiriqlar, mukofotlar va interaktiv mashqlarni birlashtiradi. Shunda har kuni o‘rganishga ishtiyoq uyg‘onadi, mashg‘ulotlar esa asta-sekin odatga aylanadi.

  • Kadrlar bo‘limi har bir xodimning o‘qishdagi yutuqlarini kuzata oladimi?

    Ha. Kompaniya panelida har bir xodim qanchalik tez-tez shug‘ullanayotgani va qanday natijalarga erishayotganini ko‘rasan. HR mutaxassislari shu yerdan butun jamoaning faolligi va o‘sishini kuzatib boradi.

  • Xodimlarga korporativ elektron pochta kerakmi?

    Yo‘q. Taklif kodi ish emailiga bog‘lanmaydi. Kodni kim faollashtirsa, o‘rin o‘shanga beriladi. Xodim Tutoro uchun shaxsiy akkauntidan foydalanayotgan bo‘lsa, Streak ko‘rsatkichi, ligasi va lug‘ati saqlanib qoladi. O‘rin esa shu akkauntga qo‘shiladi.

  • Boshlash uchun kamida nechta xodim kerak?

    Boshlash uchun atigi 5 nafar xodim yetarli. Tutoro kichik jamoalarga ham, o‘sib borayotgan kompaniyalarga ham mos.

Natija beradigan odat

Xodimlaringga ingliz tilini o‘rganishning qulayroq yo‘lini taklif qil. Har biriga mos, qiziqarli darslarga hatto ish kunida ham vaqt topish oson.

Boshlа

Demoga yozil